FIFA "JCH-2026"dan daromad olishning yangi usulini topdi
FIFA JCh-2026 oldidan muxlislarga 79 dollar evaziga stadion tablosida ismi yoki qisqa xabarini chiqarish xizmatiga ruxsat berdi.
Jahon chempionati – 2026 start olishi arafasida FIFA muxlislar uchun yangi pulik xizmatni yo‘lga qo‘ydi.
The Athletic nashri xabar berishicha, endi fanatlar 79 dollar to‘lab, o‘yin boshlanishidan oldin stadionning katta ekranida o‘z ismi yoki qisqa xabarini chiqarishi mumkin. Ushbu xizmatdan foydalanganlar uchun matnlar start svistigicha arenaning elektron tablolarida namoyish etiladi.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati 11 iyunda start oladi va tarixda ilk bor 48 ta milliy terma jamoa ishtirok etadi. Musobaqa uchta davlat — AQSh, Kanada va Meksika hududida o‘tkaziladi.
Qo‘shimcha tarzda shuni ta’kidlash lozimki, JCh-2026 uchrashuvlarining matnli onlayn translyatsiyalari bizning portalimizda ham taqdim etiladi.

Izohlar (0)