FIFA JCh-2026'ning rasmiy to‘pini taqdim etdi!

  • 3 oktabr, 12:16
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026 yilgi Jahon chempionati uchun rasmiy to‘pni namoyish etdi. Musobaqaga AQSh, Kanada va Meksika davlatlari mezbonlik qiladi.

Tecno

To‘p dizaynida qizil, ko‘k va yashil ranglar qo‘llanilgan bo‘lib, ular mezbon mamlakatlarni ramziy ma’noda ifodalaydi. To‘pning nomi — "TRIONDA".

2026 yilgi mundialda ilk bor 48 ta milliy jamoa ishtirok etadi. Ular 12 ta guruhga ajratilib, har bir guruhda 4 tadan terma jamoa maydonga tushadi. Pley-off bosqichiga guruhda dastlabki ikki o‘rinni egallagan terma jamoalar, shuningdek, uchinchi o‘rinni olgan eng yaxshi 8 ta jamoa yo‘l oladi. Bundan tashqari, Jahon chempionati tarixida ilk bor yangi bosqich — 1/16 final joriy etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!