FIFA rasmаn Argentinаning Messi bo‘yichа qarorini bloklаdi

  • 07.09.2026 06:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Argentina futbol assotsiatsiyasiga Lionel Messi terma jamoadagi faoliyatini yakunlagandan keyin milliy jamoaning 10-raqamini abadiy ravishda muomaladan chiqarishga ruxsat bermaydi, deya xabar bermoqda Sports Illustrated nashri.

Messining Argentina terma jamoasidagi faoliyatini tugatish haqidagi tarixiy bayonoti mamlakatda katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ko‘plab muxlislar va mutaxassislar 10-raqamni abadiy ravishda «muzlatib qo‘yish», uni boshqa hech bir futbolchiga berilmasligini talab qilmoqda.

Biroq ayrim ayrim sport turlaridan farqli o‘laroq, Argentina terma jamoasining 10-raqamini rasmiy muomaladan chiqarish va uni Buenos-Ayresdagi «Monumental» stadioni tomi ostiga ilib qo‘yish imkoni yo‘q. 

Bunga asosiy to‘siq – FIFA qoidalari.

Argentina futbol assotsiatsiyasi prezidenti Klaudio Tapia ham avvalroq Messining raqamini «pensiyaga chiqarish» rejalari borligini ochiq aytgan edi. «Messi professional faoliyatini yakunlaganidan so‘ng, Argentina terma jamoasining 10-raqami muomaladan chiqariladi», — degan edi Tapia 2024 yilda.

Ammo bu va’dani amalga oshirish uchun unga FIFAning ancha yillardan beri qo‘llanib kelinayotgan reglamentlarini chetlab o‘tishga to‘g‘ri keladi. Xalqaro federatsiya milliy terma jamoalardan rasmiy musobaqalarda futbolchilar raqamlarini ketma-ket tartibda qo‘llashni talab qiladi. Masalan, 2026 yildagi jahon chempionatida har bir terma jamoa 26 nafar futbolchi ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin edi va shu bois faqat 1-raqamdan 26-raqamgacha bo‘lgan formalarga ruxsat berilgan.

FIFAning raqamlarga oid qat’iy qoidalari faqat tashkilot himoyasi ostida o‘tadigan rasmiy musobaqalarga taalluqli. Nazorat va o‘rtoqlik uchrashuvlarida esa vaziyat boshqacha. Argentina bunday o‘yinlarda istasa, 10-raqamni hech bir futbolchiga bermasdan maydonga tushishi mumkin», — deya yozadi manba.

Argentina terma jamoasining afsonaviy sardori 31 avgust kuni xalqaro faoliyatini rasmiy yakunlaganini e’lon qildi. 21 yil davomida Messi terma jamoa safida 207 o‘yin o‘tkazib, 125 gol urdi va mamlakat tarixi uchun mutlaq rekordlar o‘rnatdi. U Argentinani Qatardagi jahon chempionatida (2022) oltin medalga olib chiqdi, ikki bor Amerika kubogini (2021, 2024), «Finalissimo»ni (2022) va Pekindagi (2008) olimpiya oltinini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, u ikki marta jahon chempionatlarining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan (2014, 2022).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Мамадияров Махмуд
07/09/2026 10:25
От ўрнини той бочар, бир кун келиб яна бир юлдуз порлаб чиқар.