FIFA rasmаn Messining faoliyatini yakunlashigа munosabat bildirdi
Messining qaroriga FIFA prezidenti Janni Infantino e'tibor qaratdi
FIFA prezidenti Janni Infantino argentinalik yulduz hujumchi Lionel Messini terma jamoa safidagi faoliyati yakunlangani bilan tabrikladi.
«Lionel Messiga butun dunyo bo‘ylab millionlab insonlarga ilhom bag‘ishlagan va go‘zal o‘yin haqidagi tasavvurni o‘zgartirgan beqiyos xalqaro karerasi uchun minnatdorchilik bildiraman.
2022 yildagi jahon chempioni, Argentina terma jamoasi tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan va eng ko‘p gol urgan futbolchi, shuningdek jahon chempionatlari tarixida eng ko‘p maydonga tushgan o‘yinchi sifatida sening ajoyib mahorating va kamtarliging abadiy yodda qoladi.
Argentina terma jamoasi libosidagi har bir unutulmas daqiqang uchun va butun dunyo bo‘ylab muxlislarni birlashtirganing uchun rahmat. Sening yo‘lingdagi navbatdagi bosqichda eng ezgu tilaklarimni yo‘llayman.
Lionel Messiga millionlab insonlarga ilhom bergan va bizning go‘zal sportimizni abadiy o‘zgartirgan o‘ta nufuzli xalqaro karerasi uchun yana bir bor tabrik yo‘llayman.
2022 yildagi jahon chempioni, Argentina terma jamoasi tarixida eng yaxshi to‘purar va milliy jamoa safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi, shuningdek jahon chempionatlari tarixida eng ko‘p o‘yinda maydonga tushgan rekordchi sifatida sening beqiyos iste’doding va kamtarliging doimo yodga olinadi.
Argentina terma jamoasi tarkibidagi har bir esda qolarli lahza uchun va sayyoramizning turli burchaklaridagi muxlislarni birlashtirganing uchun minnatdorman. Karerangning keyingi bosqichida senga faqat omad va muvaffaqiyat tilayman», — deya yozdi Infantino o‘z sahifasida.
39 yoshli Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlayotganini e’lon qildi. U milliy jamoa safida 207 o‘yin o‘tkazib, 125 gol urdi va 68 golli uzatma amalga oshirdi. 2026 yildagi musobaqada 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol uradi va 4 ta golli pas beradi, jamoasi bilan finalgacha yetib boradi hamda mundialning eng yaxshi to‘purarlaridan biriga aylanadi. Uning xalqaro karerasidagi eng yirik yutuqlar qatorida 2022 yildagi jahon chempionatidagi g‘alaba, ikki karra Amerika Kubogi (2021, 2024) va 2022 yildagi Finalissima’da qo‘lga kiritilgan sovrin alohida o‘rin tutadi.
Izohlar (0)