Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

FIFA Ronalduni Saudiyadan olib ketmoqchi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

G‘alati taklif

FIFA prezidenti Janni Infantino Saudiya Arabistonidan tashqaridagi klublarni “An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronalduni klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga jalb qilishga chaqirdi.

Bu haqda taniqli jurnalist Ben Jeykobs o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lumot tarqatdi.

Portugaliyalik yulduzning “An-Nasr” bilan shartnomasi 30 iyun kuni tugaydi. Klub unga hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha yangi bitim bergan.

O‘z navbatida, Saudiya Arabistonining klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadigan klubi “Al-Hilol” ham 40 yoshli to‘purarni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilyapti.

Shuningdek, FIFA yangi formatda o‘tkazayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining bir nechta ishtirokchilar – “Real”, “Chelsi”, “Monterrey” kabi turli mamlakatlar jamoalari ham ushbu turnirda qatnashishni orzu qilayotgan Ronaldu bilan qisqa muddatli shartnoma tuzishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q