FIFA Ronalduning 982-golini tan olmadi
Tashkilot pozitsiyasi qatʼiy
«Al-Feysali»ga qarshi oʻyinda Krishtianu Ronalduni urgan (yoki urmagan?) gol atrofidagi bahslar hanuz tiningi yoʻq.
Saudiya Pro-ligasi rasmiy bayonnomada «An-Nasr»ning ikkinchi golini Ronaldu hisobiga yozdi. Biroq bir qator statistik manbalar bu vaziyatni boshqacha baholab, zarbani himoyachi avtogoli sifatida qayd etgan.
FIFAning rasmiy saytidagi maʼlumotlarga koʻra, «An-Nasr»ning ikkinchi goli «Al-Feysali» futbolchisi tomonidan oʻzi darvozasiga kiritilgan toʻp sifatida roʻyxatga olingan. Yaʼni, Pro-liga pozitsiyasiga qaramasdan, FIFA bu golni Krishtianu Ronalduning 982-guli sifatida tan olmadi.
Lionel Messi va Krishtianu Ronaldo statistikasi yuritiladigan mashhur MessivsRonaldo sayti ham FIFA bilan bir fikrda – ularning maʼlumotida Ronaldu hisobida hozircha 981 ta gol bor.

Izohlar (0)