FIFA: Shomurodovdan supergol! Eldor Messi va Mbappe bilan raqobatlashadigan bo‘ldi

  • 29.06.2026 07:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jahon futboliga masʼul xalqaro tashkilot – FIFA 2026 yildgi jahon chempionati guruh bosqichida urilgan eng chiroyli gol uchun nomzodlar roʻyxatini eʼlon qildi.

Ilk bor 48 mamlakat  vakillari ishtirokida oʻtkazilayotgan mundialda guruh bosqichlari yakunlanib, bosh sovrin uchun kurashni davom ettiradigan va yurishini erta tugatgan barcha terma jamoalar nomi aniqlandi. 

Guruh bahslari keskin va murosasiz kurashlar ostida oʻtdi, kutilmagan natijalar ham koʻp boʻldi, futbolchilar oʻz muxlislarini ajoyib gollar bilan xursand qildi. 

Musobaqaning asosiy tashkilotchisi - FIFA guruh bosqichida urilgan gollar orasidan eng chiroylisini aniqlash maqsadida soʻrovnoma tashkil qildi. 

Xalqaro tashkilot tuzilgan roʻyxatdan quyidagi futbolchilar oʻrin oldi: Jovanni Reyna (AQSh), Ismoiiy Saybari (Marokash), Vinisius Zhunior (Braziliya), Feliks Nmecha (Germaniya), Elayija Jast (Yangi Zelandiya), Kilian Mbappe (Fransiya), Lionel Messi (Argentina), Kevin Pina (Kabo-Verde), Karim Alaybegovich (Bosniya va Gertsegovina), Uilson Isidor (Gaiti), Daidzen Maeda (Yaponiya) va Eldor Shomurodov (Oʻzbekiston). 

Ularning gollarini quyida joylashtirilgan video orqali tomosha qilish mumkin.

FIFA maʼlumotiga koʻra, guruh bosqichidagi oʻyinlar muxlislarga bir qator esda qolarli gollarni taqdim etdi. Endi eng yaxshi golni aniqlash navbati futbol ixlosmandlariga berilmoqda – muxlislar oʻzlariga maʼqul gol uchun ovoz berishlari mumkin.

Ovoz berish FIFAning rasmiy saytida 48 soat davom etadi. Shu muddat yakunlangach, 2026 yildgi jahon chempionati guruh bosqichida urilgan eng yaxshi gol egasi eʼlon qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!