Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Filipe Luis «Monako» jamoasi bosh murabbiyi bo‘ldi

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

«Monako» klubi bosh murabbiy etib «Flamengo»ni titularga olib chiqqan Filipe Luisni 2028 yil iyunigacha tayinlandi.

«Monako» klubi jamoaga bosh murabbiy etib Filipe Luis tayinlanganini ma’lum qildi. Braziliyalik mutaxassis bilan 2028 yil iyuniga qadar shartnoma imzolandi.

40 yoshli murabbiy Fransiya chempionatidagi faoliyatini Braziliyaning «Flamengo» klubidagi muvaffaqiyatli ish davridan so‘ng boshlamoqda. Filipe Luis qo‘l ostida «Flamengo» mamlakat Kubogi, Superkubogi va Braziliya chempionligini qo‘lga kiritgan, shuningdek, 2025 yilda Libertadores Kubogida g‘olib chiqqan.

Filipe Luis «Monako»ga o‘z murabbiylar shtabi bilan birga yetib keldi. Uning jamoasi tarkibiga yordamchi murabbiy Ivan Palanko, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mutaxassis Diogu Linyaresh, shuningdek Antoni Santyago va darvozabonlar murabbiyi Yuri Nieminen kiradi. O‘tgan mavsumda «Monako» Fransiya chempionati jadvalida yettinchi o‘rinni egallagan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q