Flik "Barsa" Alvares o‘rniga boshqa to‘purar tanladi
Boshqa forvardlar ham bor
«Barselona» yozgi transfer oynasida rejalashtirgan asosiy hujumchisiga ega chiqmadi. «Atletiko» klubi qat’iy pozitsiyasi tufayli Xulian Al’varesni qo‘yib yuborishdan bosh tortdi va shu bilan kataloniyaliklarning bu variant bo‘yicha rejalari barbod bo‘ldi.
Endi esa kataloniyaliklar butun e’tiborini boshqa yulduz hujumchi – Lautaro Martinesga qaratmoqda.
The Touchline nashri jurnalist Xerard Romeroga tayanib xabar berishicha, «Barselona» allaqachon «Inter» forvardining transferi ustida ish boshlagan.
Manbalarga ko‘ra, Lautaro Martines kataloniyaliklar uchun hujum chizig‘idagi asosiy nomga aylangan. Jamoa bosh murabbiyi Hans-Diter Flik aynan uni yangi tarkib markazida ko‘rishni istamoqda.
28 yoshli Lautaro Martines hozirda «Inter» jamoasining sardori hisoblanadi. Futbolchilar qiymatini baholovchi nufuzli Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 85 million yevro atrofida deb belgilagan.
Izohlar (0)