Flik "Barsa"da Enrique rekordini urdi
Nemis murabbiy g'alaba qozonish yo'lini topib oldi
«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik La Ligada jamoa boshqargan dastlabki 80 uchrashuvda qo‘lga kiritilgan g‘alabalar soni bo‘yicha klub tarixida yangi rekord o‘rnatdi.
Actu Foot Stats nashri ma’lumotiga ko‘ra, nemis mutaxassisi qo‘l ostida «Barselona» Ispaniya chempionatidagi 80 o‘yinning 63 tasida zafar quchgan. Bu ko‘rsatkich klub tarixida eng yuqori natija sifatida qayd etildi.
Flik shu tariqa reytingda Luis Enrique va Xosep Gvardiolani ortda qoldirdi: Enrique davrida kataloniyaliklar 80 o‘yinda 62 marta, Gvardiola davrida esa 61 marta g‘alaba qozongan edi.
Hans-Diter Flik 2024 yil yozida jamoani tark etgan Xavi Ernandes o‘rnini egalladi. 61 yoshli murabbiy bilan tuzilgan amaldagi shartnoma 2028 yilgacha mo‘ljallangan.
Yaqinda, yakshanba kuni «Barselona» La Liganing to‘rtinchi turida safarda «Valensiya»ni yirik hisobda mag‘lub etdi – 5:0.

Izohlar (0)