Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Flik "Barsa"da qadrlanmagan futbolchi nomini aytdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Hozir u jamoada asosiy figuralardan biri

«Barselona» shanba kuni La Liga doirasida «Xetafe» ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi – 3:0. Uchrashuvdan so‘nggi matbuot anjumanida jamoa bosh murabbiyi Hans-Diter Flik ayniqsa himoyachi Jerar Martinning o‘yini alohida ta’kidladi. U futbolchi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, oxirigacha maydonda qoldi.

«Menimcha, Jerar o‘zining haqiqiy bahosini hali olayotgani yo‘q, u bundan ko‘proq e’tirofga loyiq», – deya Flikning so‘zlarini keltiradi BarcaTimes.

24 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun bu o‘yin «Barselona»ning asosiy jamoasi safidagi 100-uchrashuv bo‘ldi. 

Kataloniya klubi tarkibida turli musobaqalarda shu vaqtgacha maydonga tushgan Martin avval chap qanot himoyachisi sifatida harakat qilgan, keyinchalik esa markaziy himoyachi pozitsiyasiga o‘tgan. U shu paytgacha bir bor gol urgan va yetti marta golli uzatma amalga oshirgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q