Flik "Barsa"dan Baldening ketishiga munosabat bildirdi
«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoa himoyachisi Alehandro Bal’de atrofidagi vaziyatga izoh berdi.
Yaqinda yosh futbolchi Ispaniya chempionati doirasidagi «El’che»ga qarshi o‘yin uchun kataloniyaliklar ro‘yxatiga kiritilmagani e’tiborni tortgan edi.
«Ertaga Bal’de maydonga tushadimi-yo‘qmi, bu haqida qarorni keyinroq qabul qilaman. Lekin u bilan suhbatlashdim. Eng muhimi, u to‘liq bizning jamoaga bag‘ishlangan. U hamon 22 yoshda, juda yosh futbolchi, katta salohiyatga ega. Lekin u hali bundan ham yuqori darajaga chiqishi mumkin», — deya ta’kidladi Flik.
Avvalroq matbuotda «Manchester Yunayted» Alehandro Bal’dеni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Fikrlar