Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Flik "Barsa"ga kelgan Rodrining kuchli tomonlarini baholadi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bu oddiy o'yinchi emas

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik ispaniyalik yarim himoyachi Rodri Ernandesning Kataloniya klubiga o‘tishi yuzasidan fikr bildirdi. 

Nemis mutaxassisining ta’kidlashicha, «blaugrana» tarkibini jahon darajasidagi futbolchi bilan mustahkamladi. Flik Rodrini himoyaviy yarim himoyachi pozitsiyasidagi eng yaxshi futbolchi, deb atadi.

- Bunday darajadagi futbolchi endi bizning jamoamiz sharafini himoya qilishi — bu haqiqatan ham ajoyib holat, — deb ta’kidladi Flik klub matbuot xizmatiga bergan izohida.

Eslatib o‘tamiz, Rodri rasmiy «Manchester Siti» tarkibidan «Barselona»ga o‘tdi. Bitim shartnomada ko‘zda tutilgan bonuslarni hisobga olgan holda taxminan 80 million yevro atrofida baholanmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q