Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Flik “Barsa” transferini blokladi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Xaridorlar maqsadiga etolmadi

“Barselona” rahbariyati jamoa himoyachisi Erik Garsiya bo‘yicha qarorini o‘zgartirdi. Aslida klub xo‘jayinlari bu o‘yinchini sotib yuborishni mo‘ljallagan edi.

Erik Garsiya “Jirona” va “Komo” singari klublar o‘z safiga qo‘shib olishni reja qilgandi. Biroq kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik markaziy himoyachini hech bo‘lmaganda mavsum oxirigacha jamoada olib qolish kerakligini ta’kidladi.

Manbaga ko‘ra, germaniyalik mutaxassisga ispan futbolchisining universalligi ma’qul kelgan. Erik Garsiya markaziy himoyachi bo‘lishiga qaramay, markaziy yarim himoyachi va tayanch yarim himoyachi vazifasifasini ham bajara oladi.

Bu futbolchi o‘tgan mavsumni ijara asosida “Jirona”da o‘tkazgan edi.  Aynan mana shu jamoa o‘yinchini o‘z safiga qo‘shib olish tashabbusini ilgari surmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q