Flik "Barselona" uslubini o'zgartirmoqchi emas
Xans-Diter Flik "Barselona"ning oʻyin uslubini oʻzgartirish niyati yoʻqligi maʼlum qilindi.
Manbaga koʻra, bosh murabbiy aynan shu uslub orqali jamoa oʻtgan mavsumda uchta sovrinni qoʻlga kiritganini taʼkidlagan va rejaga aniq amal qilinsa, muvaffaqiyatni takrorlash mumkin deb hisoblaydi. Bu haqida u bugungi mashgʻulot oldidan baza yigʻinida futbolchilarga maʼlum qilgan.
Uchrashuv taxminan bir soat davom etgan. Flik futbolchilar avvalgi intensivlikni tiklashi kerakligini aytgan hamda soʻnggi oʻyinlarda yoʻl qoʻyilgan xatolarni tahlil qilgan. Shuningdek, "Barselona"ning raqib darvozasi oldidagi past samaradorligi haqida ham soʻz yuritilgan.
"Blaugranaliklar"ning navbatdagi uchrashuvi "Levante"ga qarshi 22 fevral kuni boʻlib oʻtadi.
Fikrlar