Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Flik bir yulduz va debutantni maqtadi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Ular ishonchni oqladi

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik «Alaves»ga qarshi 6:1 hisobidagi yirik g‘alabadan so‘ng Frenki de Yong va Brayan Farin’yasning o‘yini haqida fikr bildirdi.

Ushbu bahsda har ikki yarim himoyachi o‘zlariga odatiy bo‘lmagan pozitsiyada maydonga tushdi. Frenki de Yong markaziy himoyachi sifatida harakat qilgan bo‘lsa, Brayan Farin’yas o‘ng qanot himoyasida o‘ynadi. 20 yoshli ispan futbolchisi uchun bu «Barselona»ning asosiy jamoasidagi ilk rasmiy o‘yin bo‘ldi.

«De Yong va Farin’yasning mehnatiga juda katta baho beraman. Ular o‘zlariga noodatiy bo‘lgan pozitsiyalarda o‘ynashga to‘g‘ri keldi. Biz futbolchilarimizdan aynan shuni kutamiz – jamoa manfaati uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishga tayyor bo‘lishlarini. Ularning o‘yinidan mamnunman. Biroq umid qilamanki, yaqin orada jarohatlar bilan bog‘liq muammolarimiz hal bo‘ladi», – dedi Flik matbuot anjumanida.

«Alaves»ga qarshi uchrashuvda «Barselona» gollarini Rafinya Dias va Lamin Yamal urdi – har biri ikkita­dan gol muallifiga aylandi. Shuningdek, Fermin Lopes va Entoni Gordon ham raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q