Flik eng kuchli liga nomini aytdi

  • 30.01.2026 07:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona”ni o‘tgan mavsum Ispaniya chempionati g‘olibiga aylantirgan germaniyalik mutaxassis  Hans-Diter Flik Angliya Premier-ligasini dunyodagi eng kuchli liga, deb hisoblashini tan oldi.

Chorshanba kuni “Barselona” Yevropa Chempionlar ligasining umumiy bosqichi oxirgi turida Daniyaning “Kopengagen” jamoasini yirik hisobda (4:1) mag‘lub etib, musobaqa jadvalida beshinchi o‘rinni egalladi.

Flik shogirdari shu tariqa Chempionlar ligasining 1/8 finaliga to‘g‘ridan chiqdi.

Kataloniyaliklar musobaqa jadvalida Angliyaning uch vakili – “Arsenal”, “Liverpul”, “Tottenxem”, shuningdek, Germaniya chempioni “Bavariya”dan ortda qoldi xolos.

- Angliya Premier-ligasi dunyodagi eng kuchli liga, chunki ingliz klublari futbolda eng katta sarmoyani kiritadi. Ular ko‘plab futbolchilarni sotib olish imkoniga ega va har yili transfer bozorida faollik ko‘rsatadi, - dedi Flik The Touchline nashri jurnalistlariga.

Germaniyalik mutaxassis Kataloniya klubida 2024 yilning yozidan beri bosh  murabbiylik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!