
Flik hakamlarning qarori borasida qanday fikrda?
Xans-Diter Flikning fikricha, La Liga hakamlari "Barselona" natijalariga ta’sir qilmaydi. Bu haqda "Mundo Deportivo" nashri xabar bermoqda.
- Meni hakamlarning qarori tashvishlantirmaydi. Menimcha, hammasi bizga bog‘liq. Yaxshiroq o‘ynagandagina g‘alaba qozonamiz.
Penalti borasidagi bahsli vaziyatlar meni unchalik tashvishga solmayapti, - dedi "Barselona" bosh murabbiyi "Malorka" bilan o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Ma’lumot uchun, "Barselona" ketma-ket uchta o‘yinda La Ligada g‘alaba qozona olmadi. Jamoa "Las-Palmas" va "Real Sosedad"ga yutqazdi va "Selta" bilan durang o‘ynadi.
Fikrlar