Flik PSJ "Barsa"dan ustun ekanini tan oldi
Hozir parijliklardan zo‘ri yo‘q
Nemis mutaxassisi uchrashuvdan so‘ng parijliklarning ayniqsa hujum va himoya o‘rtasidagi o‘tish bosqichlaridagi o‘yinini alohida ta’kidladi va o‘z jamoasi bellashuv oxirida charchab qolganini tan oldi.
- Bu ikki jamoa uchun ham fantastik o‘yin bo‘ldi. "PSJ" bizdan kuchliroq ekanini isbotladi. Qanday xulosa chiqarishim mumkin? Ularda o‘tish fazalari juda yuqori darajada, juda sifatli, - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 10 daqiqa davomida jamoa jismonan ham, ruhan ham yetarlicha sergak bo‘lmagan.
- Bu bahona emas, lekin bu o‘yinga tayyorgarligimiz ideal darajada kechmadi, - deya "AS" nashri Flik so‘zlarini keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv "Barselona" uchun 2:4 hisobida mag‘lubiyat bilan yakunlandi. Bu kataloniyaliklarning joriy mavsumdagi ilk mag‘lubiyati bo‘ldi. Parijdagi bellashuvga qadar "Barselona" 2026/2027 yildgi mavsumda biror marta ham yutqazmagan edi.

Izohlar (0)