Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Flik: Qaltis hisob sababini ochib berdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Gʻalaba qoʻldan chiqishiga bir bahya qoldi

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik «Levante» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘yin haqida fikr bildirdi. Ispaniya chempionati 5-turidan o‘rin olgan bellashuv 4:2 hisobida kataloniyaliklar foydasiga yakunlandi. Biroq o‘yin yakunlanishi arafasida "Levante" mag‘lubiyatdan qutilib qolishga juda yaqin kelgandi. 

«O‘yin boshlanishi biz uchun juda yaxshi chiqdi. Oldindanoq bu o‘yin oson bo‘lmasligini bilardik. Maydon gazoni biroz quruq edi, lekin bu bahona bo‘lolmaydi. Oxir-oqibatda ochkolarni oldik, ammo baribir ayb o‘zimda, deb hisoblayman. Almashtrishlarni suv ichish uchun beriladigan navbatdagi tanaffusgacha kutib turishni istagandim, ehtimol, ularni oldinroq amalga oshirish kerak edi», – deya Flikning so‘zlarini keltiradi Marca nashri.

«Agar jamoa yuz foizga tayyor bo‘lmasa, mana shunday vaziyatlar yuzaga keladi. Ular oxirgi sakkizta uy o‘yinida g‘alaba qozongan. Bu masalada gap hotirjamlikda emas. Ularning tezkor o‘tishi, sur’ati… Shunga qaramay, biz bosimga dosh berdik», – deya qo‘shimcha qildi murabbiy.

«Barselona» hisobida hozircha 15 ochko bor va jamoa La Liga turnir jadvalida peshqadamlikni qo‘ldan boy bermayapti.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q