Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Flik Rafinyani ogohlantirdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

«Barselona» hujumchisi yangi mavsumni juda kuchli boshladi

«Barselona»ning braziliyalik hujumchisi Rafinya 2026/27 yilgi mavsumni markaziy hujumchi sifatida juda samarali boshladi. La Liga va Chempionlar ligasida o‘tkazilgan sakkiz o‘yinda u jami 14 ta gol urdi va yana uchta golli pas muallifiga aylandi.

El Nacional nashri xabariga ko‘ra, jamoa bosh murabbiyi Hans-Diter Flik futbolchiga Braziliya terma jamoasi safida maydonga tushganda o‘z jismoniy holatiga alohida e’tibor qaratish kerakligini qat’iy tarzda uqtirgan. Nemis mutaxassisi ortiqcha yuklama va charchoq yangi jarohatga olib kelishi mumkinligidan xavotirda.

Flikning bunday tashvishi bejiz emas. 2026 yil davomida Rafinya bir necha bor mushaklardagi muammolar sabab o‘yinlarni o‘tkazib yuborgan, jarohatlar tufayli maydondan chetlashgan edi.

Shunga qaramasdan, «Barselona» Ispaniya chempionatini ishonchli boshladi. Yetti turdan so‘ng kataloniyaliklar 21 ochko to‘plab, turnir jadvalida peshqadamlikni qo‘ldan boy bermayapti.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q