Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Flik "Real"dan uchralgan mag‘lubiyat sababini aytdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Nima xato yuz berdi?

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik «Kamp Nou»da «Real»ga 1:2 hisobida mag‘lubiyatdan keyin uchrashuv yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

«Albatta, xursand emasman. Biz bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatolmadik. Raqib hisobni ochdi, tanaffusgacha ikkinchi golni ham urishi mumkin edi. Keyin o‘yinga qaytib, hisobni tenglashtirdik, lekin yana bir bor yo‘l qo‘ygan xatomiz qimmatga tushdi. Kerakli darajada o‘ynay olmadik. 

Endi tezroq boshqacha kayfiyatga o‘tish kerak. Futbolchilar biroz ruhan dam olishi, boshini boshqa narsaga burishi lozim. Bu juda muhim», – deya ta’kidladi Flik.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu safargi raqib avvalgi «el klasiko»larga nisbatan ancha kuchli o‘yin namoyish etgan.

«Biz bugun avvalgi «el klasiko»lardagiga qaraganda yaxshiroq harakat qilgan jamoaga qarshi maydonga tushdik. Jamoamizda yetarlicha yangi kuch, serg‘ayratlik yetishmadi. Endi tiklanish, sodir bo‘lgan voqea ga to‘g‘ri javob berishimiz kerak. 

O‘yinimiz talab darajasida bo‘lmadi, katta o‘yinlarda esa hatto eng kichik jihatlar ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bugun biz kerakli saviyaga mos kelmadik», – dedi murabbiy yana bir suhbatida.

Shu mag‘lubiyatga qaramay, «Barselona» La Liga turnir jadvalida yetakchilikni saqlab qolmoqda. «Atletiko» ikki ochko orqada borayotgan bo‘lsa, «Real»ning ortda qolishi uch ochkoni tashkil etmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q