Flik Reshfordning qolishini xohlayaptimi?

  • 25.12.2025 23:17
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyalik hujumchi Markus Reshford "Barselona" safida qolish ehtimoliga ega. Bu haqda insayder Matteo Moretto ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "ko‘k-anorranglar" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik futbolchini jamoada saqlab qolish tarafdori hisoblanadi va bu masalada shaxsan o‘zi turib olgan.

Ayni paytda Reshford "Barselona"da ijara asosida to‘p surmoqda. Hujumchining to‘liq shartnomasi esa "Manchester Yunayted" klubiga tegishli.

Joriy Ispaniya chempionati mavsumida 28 yoshli forvard 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikki ta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, Reshford hisobida ikkita sariq kartochka mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!