Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Flik Rodri transferiga qanday munosabat bildirdi?

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Nemis murabbiyi nimalar dedi?

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik «Oltin toʻp» sohibi Rodrining jamoaga kelib qoʻshilgani haqida fikr bildirdi.

- Albatta, uni olish imkoniyati biz uchun juda katta imkoniyat edi. Shuning uchun hammamiz bu transferga yuz foiz ishonch bilan yondashdik, chunki u ajoyib futbolchi. U qaysi jamoada oʻynamasin, oʻsha tarkibga alohida sifat qoʻshadi. Men uchun uni qoʻlga kiritish katta yutuq boʻldi, yanada aniqrogʻi, uning bu yerda ekani juda yoqimli holat, — dedi Flik.

Murabbiyning taʼkidlashicha, Rodri hozirgi kunda dunyodagi eng kuchli tayanch yarim himoyachilardan biri hisoblanadi.

- Menimcha, u, ehtimol, eng yaxshi tayanch yarim himoyachi. U oʻyinni nazorat qila oladi, shu bilan birga himoyada ham juda katta yordam beradi. Havodagi kurashlarda ham oʻta ishonchli oʻynaydi, bu esa biz uchun juda muhim. Eng asosiysi, u maydondagi har bir futbolchining oʻyin darajasini oshiradi, — deya Flikning soʻzlarini Barca Family News telegram-kanali keltiradi.

Eslatib oʻtamiz, «Barselona» 18 avgust kuni Rodrining «Manchester Siti»dan oʻtishi haqida rasmiy eʼlon qildi. 30 yoshli futbolchi bilan tuzilgan shartnoma 2030 yil 30 iyuniga qadar moʻljallangan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q