Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Flik: Senga "Barsa" tarkibida joy yo‘q

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Murabbiy boshqa yulduzni tanladi

«Barselona» himoyachisi Jyul Kunde joriy mavsumda muntazam o‘yin amaliyotidan qolib ketishi mumkin.

Sine-granatavorlar bosh murabbiyi Hans-Diter Flik fransiyalik futbolchiga himoyaning o‘ng qanotida asosiy o‘yinchi sifatida uni emas, balki Erik Garsiyani ko‘rayotganini ma’lum qilgani haqida Catalunya Radio xabar berdi.

Nemis mutaxassisi Kundega endi u ko‘proq markaziy himoyachi sifatida ko‘rib chiqilishini aytgan, biroq o‘zining tabiiy pozitsiyasida ham asosiy emas, zahira varianti sifatida ko‘rilayotgani tushuntirgan.

Shu bois Jyul Kundening transfer oynasi yopilguncha klubni tark etishi ham istisno etilmayapti. «Barselona» rahbariyati 27 yoshli futbolchini munosib taklif tushgan taqdirda sotishga tayyor ekani aytilmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q