Flik: "Shensnini qolishini xohlardim"

  • 10.05.2025 16:35
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

Xans-Diter Flik "El-Klasiko"dan oldingi matbuot anjumanida Voytsex Shensnining kelajagi haqida berilgan savolga javob berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, murabbiy darvozabonni qolishini istaydi.

"Bu Dekoning ishi. Mening undan ko‘nglim to‘q. Shensnini qolishini xohlardim. Menimcha, u ham "Barsa"da baxtli. Ba’zida u biroz chekadigan, ilgari bundayini ko‘rmagan edim… o‘ziyam ancha sokin odam", - dedi Flik. 

Image

Shensnining amaldagi shartnomasi shu yozda o‘z nihoyasiga etadi. U Ter Shtegen jarohat olganidan keyin "Barsa" bilan bir yillik bitim imzolagandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!