Flik to‘rt nafar yangi himoyachi tanladi
Flik himoyadagi muammolardan xavotirda
Insayderlar ma’lumotiga koʻra, «Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik qishki transfer oynasida jamoa himoya chizigʻini kuchaytirishni asosiy vazifalardan biri qilib qoʻygan. Mutaxassisni ayniqsa Chempionlar ligasida PSJga qarshi 2:4, shuningdek, Ispaniya chempionatida «Real»ga qarshi 1:2 hisobidagi magʻlubiyatlardan keyingi himoyadagi ishonchsiz oʻyin jiddiy oʻylantirmoqda.
Xabarlarga koʻra, kataloniyaliklar uchun eng real nomzod — argentinalik markaziy himoyachi Lisandro Martines. Uning «MYu» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda nihoyasiga yetadi. Yaqinda Janubiy Amerika vakili klubning transfer siyosatiga ochiq tanqid bilan chiqqan, bu esa shartnomani uzaytirish ehtimolini yanada pasaytirgani aytilmoqda.
«Barselona» shuningdek, «Betis» himoyachisi Natan, «Manchester Siti» futbolchisi Yoshko Gvardiol va «Inter» markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni nomzodlarini ham koʻrib chiqmoqda. Ammo Mundo Deportivo nashriga koʻra, aynan Lisandro Martines bilan kelishuvga erishish eng ehtimoliy stsenariy sifatida baholanmoqda.

Izohlar (0)