Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Flik : «Uning salohiyati katta»

Abdukarim Atayev
Izohlar: 0

«Barselona» bosh murabbiyi Flik Jesse Bisivu «Feyenoord»ga qarshi o‘yin uchun ro‘yxatga kiritilmasligini aytdi.

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoaning 18 yoshli yangi futbolchisi Jesse Bisivu Chempionlar ligasidagi «Feyenoord»ga qarshi o‘yin uchun ro‘yxatga kiritiladimi, yo‘qmi, degan savolga javob berdi.

«Yo‘q, u ushbu o‘yin uchun ro‘yxatda bo‘lmaydi, lekin jismoniy holati yaxshi. Rejamizga ko‘ra, u asosiy jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazadi, lekin hozircha ikkinchi tarkib safida o‘ynaydi. Unda katta salohiyat borligini ko‘ryapman. Ilgari ham aytganman, barcha futbolchilarni diqqat bilan kuzataman va Bisivuda asosiy jamoa safida bir necha o‘yin o‘tkazish uchun yaxshi imkoniyatlar bor, deb hisoblayman», — deya Flikning so‘zlarini keltiradi Barça Universal nashri.

«Barselona» Bisivuni yozgi transfer oynasida 8,5 million yevro evaziga sotib olgan edi. Shu kungacha yosh vinger biror marta ham asosiy jamoa o‘yini uchun ro‘yxatga kiritilmagan.

9 sentabr kuni «sine-granatovye» Chempionlar ligasidagi mavsumni «Feyenoord»ga qarshi uy uchrashuvi bilan boshlaydi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q