Flik Yamalni ogohlantirdi

  • 16.10.2026 20:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik matbuot anjumanida jamoa vingeri Lamin Yamal haqidagi savolga javob berdi. 

Nemis mutaxassisi yosh futbolchi doim ham maydonda to‘liq o‘yin o‘tkazmasligini ta’kidlab, unga shunday ogohlantirish berdi.

- Yamalning maydondagi vaqtini qanday boshqarasiz?

- Bu savolga oddiy javob yo‘q. Uning o‘yin vaqtini to‘g‘ri taqsimlashimiz kerak. Eng muhimi – u futboldan zavq olishi, hozir u aynan shu narsani his qilyapti, – dedi Flik.

Hafta o‘rtalarida Lamin Yamal «Galatasaray»ga qarshi safar o‘yinida «Barselona»ga katta yordam berdi. Kataloniya klubi raqibini 4:1 hisobida mag‘lub etdi, Yamal esa ikki golli uzatma muallifiga aylandi.

Shanba, 17 oktyabr kuni «Barselona» La Liga doirasida safarda «Betis» mehmoni bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!