Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

FR: "Turon" — tarixdagi eng omadsiz jamoalardan biri...

Odilbek Fayzullayev
Izohlar: 1

"Tulporlar"ning elitadagi ishlari yurishmayapti.

Superliganing 10-tur bahslari ortda qoldi. 9 o‘yinda 3 ochko ishlagan "Turon" hozircha musobaqa jadvalida oxirgi bo‘lib turibdi. Yaypan klubi ayni paytda g‘alaba nimaligini bilmay kelayotgan elitaning yagona vakili hisoblanadi.

photo_2023-05-13_19-58-44

Umumiy statistikaga qarasak, Superligada 35-o‘yinini o‘tkazgan "Turon" ulardan faqat 3tasida zafar quchgan. Duranglar soni 11, mag‘lubiyatlar 21ta. Ya’ni, 35 o‘yinda atigi 20 ochko qo‘lga kiritilgan. Bu har o‘yinda o‘rtacha 0,6 ball degani va chempionat tarixidagi eng yomon natijalardan biri hisoblanadi.

photo_2023-05-13_19-58-46

Aniqroq aytsak, "Turon" O‘zbekiston chempionatlarida qatnashgan 40 jamoa orasidan faqatgina "Uz-DongJu" (Andijon) va "Vobkent" (Buxoro)dan yaxshiroq o‘yin ko‘rsatyapti.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q