Fransiyada yangi yulduz porladi
Fransiya chempionati iste’dodlarga boy. Yevropaning grand klublari Liga 1 o‘yinlarini alohida e’tibor bilan kuzatib, o‘zlari uchun munosib nomzodlarni topishga harakat qiladi.
Londonning “Arsenal” klubi o‘ziga kerakli o‘yinchini aynan Fransiyadan topdi. “Kanonirlar” skautlari ayni paytda “Lill” klubining 18 yoshli yarim himoyachisi Ayub Buaddini diqqat bilan kuzatmoqda.
Ularning fikricha, Buaddi jamoa yarim himoyasini yoshartirish uchun juda istiqbolli futbolchi. London jamoasi uni texnik jihatdan iqtidorli, to‘pni nazorat qila oladigan, taktik ongga ega futbolchi sifatida ko‘rmoqda, bu esa “Arsenal” uslubiga to‘liq mos keladi.
Londonliklar Buaddining darhol jamoaga qo‘shilishini kutmayapti, chunki uning “Lill” bilan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha amal qiladi.
Biroq “kanonirlar” bu o‘yinchini nishonga olgan boshqa raqobatchilardan ertaroq harakat qilishga tayyorlanmoqda va vaziyatni kuzatib boryapti.
Bu kabi transferlar “Arsenal”ning yosh iqtidorlarga sarmoya kiritish va hozir ham, kelajakda ham raqobatbardosh jamoa qurish strategiyasiga mos keladi.
Fikrlar