Frattezi "Inter"da qoldi, "Nottingem Forest" varianti rad etildi

  • 06.02.2026 09:48
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Inter" yarim himoyachisi Davide Frattezi ko‘plab mish-mishlarga qaramay, jamoada qoldi.

26 yoshli futbolchi Kristian Kivu jamoasida muntazam o‘yin amaliyotiga ega emasligidan norozi edi va qishda jamoasini o‘zgartirish haqida jiddiy o‘ylab ko‘rgan. Unga mahalliy hamda xorijiy klublar qiziqish bildirgani aytildi. Asosiy da’vog‘ar sifatida Angliyaning "Nottingem Forest" klubi ko‘rsatilgan edi.

"La Gazzetta dello Sport" ma’lumotiga ko‘ra, italyalik futbolchi "o‘rmonchilar" safiga o‘tishga qiziqish bildirmagan. Chunki jamoa Premier-ligada jon saqlab qolish uchun kurashmoqda. Shuningdek, ehtimoliy xaridorlar "Inter" talab qilgan shartlarga yaqinlasha olmagan. Milanliklar to‘liq transferni talab qilib, 30 million yevro so‘ragan.

Davide Frattezining "Inter" bilan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt portali mutaxassislari uning transfer qiymatini 28 million yevro deb baholagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!