Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

«Fulham» sobiq «Real» hujumchisini 60–70 mln yevroga baholadi

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

«Fulxem» 22 yoshli hujumchi Gonsalo Garsiyani 60–70 million yevro atrofida baholamoqda, «Real» esa uni qaytarib sotib olish huquqiga ega.

«Fulxem» klubi safiga «Real Madrid»dan qo‘shilgan ispaniyalik yosh hujumchi Gonsalo Garsiya qisqa fursat ichida Evropaning yetakchi jamoalari e’tiborini o‘ziga qaratdi. London klubi uni yozda 40 million yevro evaziga sotib olgan edi.

Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, «Fulxem» rahbariyati 22 yoshli forvardni hozirgi kunda 60–70 million yevro atrofida baholamoqda. Shu bilan birga, «Real» shartnoma shartlariga ko‘ra futbolchini qaytarib sotib olish huquqini saqlab qolgan.

Garsiyaning «Fulxem» bilan tuzgan shartnomasi 2031 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchining bozor qiymati hozircha 30 million yevro deb ko‘rsatilgan.

Joriy mavsum Angliya Premier-ligasida Gonsalo Garsiya beshta o‘yinda maydonga tushdi va bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q