Futbol og‘irlik qildi! Ris Jeyms 24-marta jarohat oldi
«Chelsi» klubi va Angliya terma jamoasining oʻng qanot himoyachisi Ris Jeyms oʻz karerasida davomida 24- marta jarohat oldi. T
he Touchline nashri maʼlumoticha, turli jarohatlar sabab futbolchi umumiy hisobda 804 kun maydondan tashqarida qolgan.
Hozirda Jeyms tizzaosti payidagi jarohatidan keyin tiklanish jarayonini oʻtkazmoqda. Avvalroq u kamida jahon chempionati doirasidagi terma jamoaning ikki uchrashuvini oʻtkazib yuborishi aytilgan edi.
Ganaga qarshi 23 iyunda boʻlib oʻtgan oʻyindan soʻng himoyachi mushaklardagi tortishishdan shikoyat qilgan, juma kuni esa jamoa bilan umumiy mashqolotda qatnashmagan. Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxelning tasdiqlashicha, Jeyms jamoa bilan birga Nyu-Yorkka uchmagan. U yerda inglizlar Panama terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Agar Angliya pley-off bosqichiga yoʻl olsa, himoyachi 1/16 final uchrashuvini ham oʻtkazib yuborishi mumkin.
Jahon chempionati–2026 musobaqasi 11 iyundan 19 iyulgacha oʻtkazilmoqda. Ikki tur yakuniga koʻra, Angliya toʻrt ochko jamgʻargan holda L guruhida peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar