Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Futbolchi "Liverpul"da o‘ynamoqchi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Unga kuchliroq klub kerak ekan

«Kristal Pэlas» hujumchisi Ismaila Sarr o‘z faoliyatini «Liverpul»da davom ettirishni maqsad qilgan.

28 yoshli vinger «qizillar» uchun Kodi Gakpo o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. 

The Touchline nashrining The Sun manbalariga tayanib yozishicha, senegallik futbolchi «Liverpul»ga o‘tish istagida qat’iy qaror qilgan. U jamoasini almashtirishda qat’iy turibdi va bitim transfer oynasi yopilguncha amalga oshishiga umid qilmoqda.

Ismaila Sarr «Kristal Pэlas» tarkibida 92 o‘yin o‘tkazib, 33 ta gol urgan va 10 ta golli uzatma amalga oshirgan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, «Kristal Pэlas» yetakchilaridan biri hisoblangan Sarrning bozor qiymati 45 million yevro atrofida baholanmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q