Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Futbolchimiz ketdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Endi boshqa jamoa topadi

Yakunlangan chempionatda Angliya Premier-ligasidagi o‘rnini bazur saqlab qolgan "Tottenxem" yozgi transferlar oynasi davrida tarkibini o‘zgartiradi. 

London shahri klubini markaziy yarim himoyachisi Iv Bissuma tark etdi. Bu haqida London klubi matbuot xizmati rasmiy sayti orqali ma’lum qildi.

Mali terma jamoasi a’zosi bo‘lgan yarim himoyachi mehnat shartnomasi muddati tugagani sababli jamoani tark etmoqda. Endi futbolchi erkin agent maqomiga ega.

Avvalroq "Tottenxem" va Bissuma o‘rtasida shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangani xabar qilingan edi. Futbolchi maoshini oshirishni talab qilgan, klub rahbariyati esa bu shartga rozi bo‘lmagan.

29 yoshli Iv Bissuma 2022 yildan beri "Tottenxem" sharafini himoya qilib kelayotgan edi. U jamoa tarkibida barcha musobaqalar doirasida jami 111 o‘yin o‘tkazdi va 2 ta gol urdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q