"Futures Cup" turniri. 7 nafar bokschimiz yarim finalda!
Tailandning Bangkok shahri boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida "Futures Cup" xalqaro turniriga mezbonlik qilmoqda. Ushbu musobaqada ikki terma jamoamiz ham ishtirok etyapti.
Bugun yarim final uchun yigit-qizlarimiz kurashga kirishdi. Kun davomida 10 nafar bokschilarimizning bahsiga guvoh bo‘ldik. Quyida natijalar bilan tanishishingiz mumkin.
-48 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, Maftuna Musurmonova Shimoliy Koreya vakilasi Yu Gyong Kimga qarshi bahs olib bordi va afsuski, 1:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
-60 kg vaznda bo‘lib o‘tgan chorak finalda, Rushanabonu Isoyeva slovakiyalik Karolina Kollarovani 3:2 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi.
Abdugani Yorqinjonov ham yarim finalga yo‘l oldi. Bokschimiz -50 kg vaznda mezbon Txitiphan Hamraedan 5:0 hisobida ustun keldi.
-55 kg vaznda bo‘lib o‘tgan navbatdagi chorak finalda, Bekzod Ismoiljonov meksikalik Jonatan Bibrieskaga hakamlarning qarorlariga ko‘ra 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Sardorbek Bahromxo‘jaev -85 kg vazndagi chorak final, qirg‘izistonlik Ibragim Bakalovga imkon qoldirmadi. 5:0.
Asadbek Sultonboev ham yarim finalda! Bokschimiz -90 kg vaznda, panamalik Norman Simmonsdan ustun keldi. 5:0.
-51 kg vaznda bo‘lib o‘tgan chorak final bahsida, Nazokat Mardonova iordaniyalik Tala Husseindan 5:0 hisobida ustun keldi.
Sevara Mamatova -65 kg vaznda musobaqadagi birinchi bahsini birinchi raunddayoq tugatdi. Senegal vakilasi Soda Foye texnik nokautga uchratildi.
-65 kg vaznda bo‘lib o‘tgan chorak finalda, Ibrohim Shokirjonov yaponiyalik Kunimitsu Honjoga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib musobaqa bilan hayrlashdi.
Suhrob Rahmatullaev ham yarim finalga yo‘l oldi. Bokschimiz bu yo‘lda -75 kg vaznda, jazoirlik Mohamed Monsefdan ustun keldi. 5:0.
Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda
Fikrlar