Futsal. Yevropa chempionatining finalchilari nomi ma'lum
Yevropa chempionatida yarim final oʻyinlari yakunlandi.
Litva, Latviya va Sloveniyaда boʻlib oʻtayotgan futzal boʻyicha Yevropa chempionati yakuniga yetmoqda. Kecha musobaqaning yarim finalidan oʻrin olgan ikkita uchrashuv boʻlib oʻtdi. Dastlab Ispaniya terma jamoasi Xorvatiyaga qarshi bahs olib bordi. Murosasiz oʻtgan bellashuvda ispanlar 2:1 hisobida gʻalaba qozonib ilk finalchiga aylandi. Tunda boʻlib oʻtgan ikkinchi yarim final uchrashuvida esa Fransiya va Portugaliya terma jamoalari parketga chiqdi. Uchrashuvda kutilganidek portugalalar katta ustunlik qildi va yakunda yirik 4:1 hisobidagi gʻalabani qoʻlga kiritib, final chiptasiga ega boʻldi.
Musobaqaning final bahsi va 3- oʻrin uchun oʻtkaziladigan uchrashuvi 7fevral kuni boʻlib oʻtadi.
Fikrlar