Gанaдa ЖЧ-2026 ўйинига Пaрти киритилмаганидан сўнг баёнот берилди
Tomas Partiga qo‘yilgan jinsiy zo‘ravonlik ayblovlari sabab Kanada uni mamlakatga kiritmayapti va u JCh-2026 o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi mumkin.
Gana terma jamoasi yarim himoyachisi Tomas Parti Kanada hududida o‘tadigan jahon chempionati – 2026 uchrashuvlarini viza muammolari sabab o‘tkazib yuborishi mumkin.
Avvalroq futbolchi 18 iyun kuni Kanadada bo‘lib o‘tadigan Panamaga qarshi guruh bosqichi uchrashuvida maydonga tusha olmasligi ma’lum qilingan edi. Bu qarorga Kanada hokimiyati tomonidan futbolchini mamlakatga kiritishdan bosh tortilishi sabab bo‘lgan. Rasmiylar bunga Partiga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha qo‘yilgan ayblovlarni asos qilib ko‘rsatgan. Tomas Parti esa bu ayblovlarni oldindanoq rad etgan.
– Unga ayb qo‘yilgan, lekin hali sud hukmi chiqmаgan. Go‘yo jinoyat sodir etilgani aytilgan mamlakatning o‘zida ham u erkin fuqaro sifatida qolmoqda. Kanada nima uchun qoidalarini shunday talqin qilayotganini tushunmayman: go‘yo ayblovning o‘ziyoq avtomatik ravishda aybdorlikni anglatadi, – deya Kofi Adamsning so‘zlarini keltiradi ESPN.
Eslatib o‘tamiz, FIFA mezbon davlatlarga o‘z hududiga chet el fuqarolarini kiritish yoki kiritmaslik bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilish huquqini tan olgan.

Izohlar (0)