Gakponi olishdan voz kechmaymiz
Harakatlar to‘xtatilmaydi
Tarkibini kuchaytirib borayotgan «Tottenxem» klubi rahbariyati «Liverpul» hujumchisi Kodi Gakpo bo‘yicha muzokaralarni faollashtirishga tayyorlanmoqda.
«Liverpul» hozircha Gakponi transfer ro‘yxatiga qo‘ymagan. Shunga qaramay, London klubi bu omilga jiddiy to‘siq sifatida qaramayapti. Ma’lumotlarga ko‘ra, «Tottenxem» hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun Gakpo bilan bir qatorda «Manchester Siti» vakili Savio nomzodini ham ko‘rib chiqmoqda.
Klublar o‘rtasida dastlabki muloqotlar boshlangan, ammo «Liverpul» hozircha o‘z shartlarini aniq bayon qilmagani aytilmoqda.
Insayder Fabrizio Romano xabariga ko‘ra, Kodi Gakponing bozor qiymati taxminan 60 million yevro atrofida baholanmoqda.
Niderlandiya terma jamoasi a’zosi bo‘lgan Gakpo 2023 yil yozida PSVdan «Liverpul»ga 42 million yevro evaziga o‘tgan. U Angliya premyer-ligasida shu vaqtgacha 127 o‘yin o‘tkazib, 32 ta gol urgan va 18 ta golli uzatma amalga oshirgan.
27 yoshli hujumchi PSV tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U professional faoliyati davomida faqat PSV va «Liverpul» tarkibida to‘p surgan.

Izohlar (0)