G‘ALABA! Bahodir Jalolov - Olimpiada chempioni!
Bahodir Jalolovga teng keladigan raqib yo‘q!
Tokio Olimpiadasida o‘z ishtirokini davom ettirayotgan o‘zbekistonlik so‘nggi sportchi Bahodir Jalolovning jangi boshlanishiga oz fursat qolmoqda.
+91 kg vaznda ringga chiqadigan hamyurtimizga AQSh sharafini himoya qilayotgan Richard Torres raqiblik qiladi. O‘rtaga oltin medal tikilgan bellashuv Toshkent vaqti bilan 11:15dan keyin start oladi.
Hamyurtimizga omad tilaymiz!
11:44. Uchinchi raundda ham katta ustunlik qilgan Bahodir haqli ravishda Olimpiada chempioniga aylandi! G‘alaba muborak, azizlar!

11:40. Ikkinchi raunddan keyin Jalolov hisobni tenglashtirdi. Hisobni ham 5:0 ko‘rinishiga keltirdik! Olg‘a, Bahodir!
11:38. NOKDAUN! Jalolov og‘ir zarbasi bilan raqibini nokdaun holatiga tushirib qo‘ydi! Ikkinchi raund davom etmoqda!
11:36. Birinchi raund afsuski, raqib foydasiga 3:2 hisobi bilan hal bo‘ldi. Ammo Bahodirdan umidimiz katta!
11:33. Jang boshlandi!
11:30. Bahodir Jalolov "Mendirman Jaloliddin!" kuyi ostida ringga ko‘tarilib keldi! Super jang startiga bir necha soniya qolmoqda!
Izohlar (0)