G‘alabalar davom etadi...

BEPUL PROPAN

Hindistonning Bxopal shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan erkaklar o‘rtasida o‘tayotgan M25 tasnifidagi musobaqada hamyurtimiz Sergey Fomin chorak finalga chiqdi.

Sergey Fomin xalqaro turnirning asosiy to‘r bahslari 1/8 final bosqichida ukrainalik Vladislav Orlovga qarshi kortga chiqib, yakunda 6:4, 6:2 hisobida zafar quchgan holda chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Endi S.Fomin nufuzli musobaqaning 1/4 finalida neytral tennischi Maksim Jukov bilan raqobatlashadi. 

Shuni ta’kidlab o‘tishimiz kerakki, mazkur musobaqaning juftlik bahslarida Sergey va Maksim o‘zaro tandem hosil qilgan holda ishtirok etayotgan edi. Biroq, ular juftlik bellashuvlarining ilk davrasida koreyalik Eong Jeong va Uisung Park duetiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!