Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Galatasaroy" Angliyadagi forvardga ko‘z tikdi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Rasmiy taklif ketdi

«Kristal Pэlas» jamoasida to‘p surayotgan senegallik hujumchi Ismaila Sarrga «Galatasaray» jiddiy qiziqish bildirmoqda. 

Istanbul klubi futbolchini sotib olish bo‘yicha angliyaliklarga rasmiy taklif yo‘llagani haqida insayder Fabrizio Romano o‘z ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Ismaila Sarr Turkiya grandi bilan shartnoma shartlarini muhokama qilishga tayyor. Shu bilan birga, transfer amalga oshishi ehtimoli katta emas. Sababi – «Kristal Pэlas» rahbariyati vingerni jamoaning eng muhim futbolchilaridan biri, deb hisoblaydi va uni qo‘yib yuborishni istamayapti.

28 yoshli hujumchi o‘tgan mavsumda barcha musobaqalar doirasida 45 o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi. Transfermarkt portali Ismaila Sarrning bozor qiymatini 45 million yevro atrofida baholamoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q