Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Garbin Mugurusa Meksikada pullarini ko‘paytirib oldi

Zohir2018
Izohlar: 0

Ispaniyalik tennis musobaqa g‘olibiga aylandi

Meksikaning Monterrey shahrida o‘tgan "Abierto GNP Seguros" turnirida ispaniyalik Garbin Mugurusa bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Garbin musobaqa finalida belaruslik Viktoriya Azarenkoga qarshi kortga chiqdi. O‘yinda 6:1, 3:1 hisobi qayd etilgan bir vaziyatda Azarenko jarohati sabab baxsni davom ettira olmasligini bildirdi. 
Shu tariqa Mugurusa bosh sovrin bilan birgalikda 43,000 AQSh dollari pul mukofoti va 280 reyting ochkosini qo‘lga kiritdi.
Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q