Garbin Mugurusa Melburnda Simonani "dodi"ni berdi
Zohir2018
Ayollar o‘rtasida finalchilar nomi aniq bo‘ldi
Ispaniyalik tennischi Garbin Mugurusa Avstraliya ochiq chempionatining so‘nggi hal qiluvchi final bosqichiga yo‘l oldi.
Garbin mazkur musobaqaning yarim finalida ruminiyalik Simona Xalepni 7:6, 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratishga muyassar bo‘ldi.
Endi "Australian Open" turnirining so‘nggi uchrashuvida Mugurusa amerikalik Sofiya Keninga qarshi kortga chiqadi.

Izohlar (0)