Garnacho "Chelsi"dan boshqa klubga o‘tdi
«Aston Villa» rasmiy saytida xabar qilishicha, klub «Chelsi» yarim himoyachisi Alehandro Garnachoni bir mavsumlik ijara asosida o‘z safiga qo‘shib oldi.
Ma’lumotga ko‘ra, 22 yoshli argentinalik futbolchi 2026/27 yildgi mavsumni Birmingem jamoasi tarkibida o‘tkazadi.
Garnacho professional faoliyatini «Manchester Yunayted»da boshlagan. U «Old Trafford» klubi tarkibida 144 ta o‘yin o‘tkazganidan so‘ng, 2025 yil yozida «Chelsi»ga o‘tgan. U qanotda ham, markaziy hujumchi ortida ham birdek o‘ynay oladi. O‘tgan mavsumda Garnacho londonliklar safida 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urgan.
Argentina terma jamoasi tarkibida sakkiz marta maydonga tushgan vinger 2024 yilda FIFAning Pushkash nomidagi mukofotiga sazovor bo‘lgan. Ushbu sovrinni futbolchi «Everton»ga qarshi o‘yinda urgan ta’sirli akrobatik zarbasi uchun qo‘lga kiritgani klub bayonotida ta’kidlangan.

Fikrlar