Garnacho: "Chelsi"da ekanimdan faxrlanaman"
"Chelsi" qanot hujumchisi Alehandro Garnacho "Manchester Yunayted"da o‘tkazgan vaqti haqida fikr bildirdi.
"Hozir "Chelsi"da ekanligimdan juda faxrlanaman. Lekin "Manchester Yunayted" haqida yomon gap ayta olmayman. Ha, bir lahza mening hayotimni o‘zgartirdi, lekin u davom etdi. Shuning uchun oldinga intilishda davom etishimiz kerak", - deya Garnachoning so‘zlarini keltirdi Fabrizio Romano.
Ma’lumot uchun, Garnacho 2025 yil yozida "qizil iblislar"ni tark etib,"aristokratlar" safiga o‘tgan edi. "Ko‘klar" safida u barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda ishtirok etib, 8+4 statistika qayd etdi.
Fikrlar