Garnacho Ronalduning jamoadoshiga aylanishi mumkin

  • 8 iyun, 16:50
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" hujumchisi Alexandro Garnacho Saudiya Arabistoni klubiga o‘tishi mumkin.

Tecno

Sunday Mirror nashrining xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchiga "An-Nasr" qiziqmoqda. Klub "Liverpul" hujumchisi Luis Diasni qo‘lga kirita olmasa, argentinalik vingerni o‘z safiga qo‘shib olishni ko‘rib chiqmoqda.

Yaqinda Garnacho transferga qo‘yildi, sababi "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim uning mashg‘ulotlardagi yondashuvidan hafsalasi pir bo‘lgan. Futbolchiga Angliya, Italiya va Germaniyadagi klublar ham qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Garnachoning kumiri uning sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronaldu bo‘lib, u hozirda aynan "An-Nasr" safida to‘p surmoqda. Ronalduning klub bilan amaldagi shartnomasi shu yozda yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!