Gavi: "Real" "Barselona"dan hayiqyapti"
"Barselona" yarim himoyachisi Gavi "Real Madrid" bilan raqobat haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
O‘tgan mavsumda kataloniyaliklar madridliklarni 4 ochkoga ortda qoldirib, La Liga chempioniga aylangandi.
- O‘tgan mavsumda to‘rttala klasikoda ham g‘alaba qozondingiz. "Real" sizni to‘xtatish uchun katta pul sarfladi. Ular bunday "Barselona"dan xavotirdami?
- Albatta, ular xavotirda. Ularda to‘rtta o‘yindan to‘rttasida g‘alaba qozondik - bunaqasi ilgari hech qachon bo‘lmagan. Ular xavotirda ekanliklari tushunarli. O‘tgan mavsumda biz ajoyib o‘ynadik, ular esa hech narsa yutishmadi. "Real" hozirda bir nechta juda yaxshi futbolchilar bilan kuchaygan.
Ko‘ramiz, ular mavsumda qanday ishtirok etishadi. Ularda ajoyib jamoa bor, ammo biz o‘zimiz bo‘lishimiz kerak, - dedi "Barselona" yarim himoyachisi Gavi.
Fikrlar