Gaviga ikkita variant chiqdi
Birinchi tanlash kerak
«Barselona» yarim himoyachisi Gavi jamoadagi hozirgi holatidan mamnun emas. U endi asosiy tarkib futbolchisi hisoblanmaydi, shu bois Ispaniya terma jamoasining navbatdagi yig‘iniga ham chaqirilmadi.
El Nacional nashrining yozishicha, Gavi uchun eng real yechim – jamoani o‘zgartirish. 22 yoshli futbolchiga yuqori darajadagi ikki klub jiddiy qiziqish bildirmoqda. Manbaga ko‘ra, Gavini o‘z safiga qo‘shib olishni «Manchester Yunayted» va PSJ istamoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, «Manchester Yunayted» avval ham Gavini olishga urinagan va ingliz klubi yaqin vaqt ichida bu variantga yana qaytishi mumkin.
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrique ham yosh yarim himoyachi bilan birga ishlashni xohlayotgani aytilmoqda.
Transfermarkt portali mutaxassislari Gavining transfer qiymatini 30 million yevro atrofida baholamoqda.

Izohlar (0)